DarslarPhp darslari

1-dars | Php ga kirish

PHP(ingl. Hypertext Preprocessor, ilgariroq Personal Home Page Tools deb yuritilgan) – asosan veb-dasturlashda ishlatiladigan yuqori darajali dasturlash tillaridan biri. Hozirgi vaqtda juda ko’p hostinglar PHPni qo’llashadi va dinamik veb-saytlar yaratiladigan tillar orasida yetakchi dasturlash tilidan biri.

Ko’pgina malumot omborlari sistemasi bilan birga ishlay oladi, masalan, MySQL, MySQLi, SQLite, PostgreSQL, Oracle, Microsoft SQL Server, Sybase, mSQL shular jumlasidandir. Yana bir qulayliklaridan biri HTTP so’rovlar bilan avtomatik ishlay oladi va GET yoki POST so’rovlardagi ma’lumotlarni qabul qilib qayta ishlay oladi. PHP yordamida fayllar bilan ishlay olasiz, fayl yaratish, uni o’zgartirish, nomlash, uni o’chirib yuborishingzi mumkin. Yana bir jihati PHP kukilar(cookie) va sessiyalar bilan amallar bajarish mumkin, bu haqida keyinchalik dars davomida to’liq tushuntiraman.

PHPni daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf 1994-yilda yozib chiqqan, birinchi reliz PHP/FI 2.0 1995-yilda e’lon qilingan. Shu kungacha rivojlantirib kelinmoqda va so’nggi 7.1.11 versiyasi shu yil 27-oktyabrda e’lon qilindi(bor yo’g’i bir hafta bo’ldi :)). PHP freymvorklaridan eng mashxurlari: Yii2, Laravel, Symfony, Phalcon, Kohana, CakePHPlarni misol keltirish mumkin, freymvorklar haqida keyngi darslarimizda albatta batafsil to’xtalamiz.

Lekin PHPning qulaylilari bilan birga kamchililari ham bor, masalan eski versiyalarda yozilgan kod, yangi versiyalarda xato ishlashi yoki butunlay ishlamasligi mumkin.

BONUS: Statistikaga qaraganda 95% PHP dasturchilari erkaklardir :), 80% PHP dasturchilari inglizchani yaxshi bilishmaydi, 60% PHP dasturchilari oliy ma’lumotga ega emas, PHP dasturchilarining o’rtacha yoshi 25-30 yosh bo’lib, bu yosh oralig’i umumiy PHP dasturchilarining 78% foizini tashkil etadi.

Related Articles

2 thoughts on “1-dars | Php ga kirish”

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

2 + 9 =


Close