Php darslari

2-dars : PHP sintaksisi.

Assalomu akekum bo’lajak dasturchilar !

Bugun siz bilan php sintaksisi bilan tanishamiz.Php fayllar odatda .php kengaytmali bo’ladi.Webserver bu kengaytmali faylga murojaat qilganda,avtomatik ravishda php protsessorga beradi.

Php xatoliklarga juda qattiq turib oladi.U oddiy html dan  farq qiladi.Bitta ham xatoni o’tkazib yubormaydi.

Php fayllari  <?php  ?>  teglari ichida yoziladi.Masalan  <?php  ‘Bu yerda kodlar’ ?>.

Foydalanuvchilar ko’p hollarda <?php  <? qilib yozib ketishadi , bu esa xato.

Html fayl tarkibida php dan ham foydalanish  mumkin.

Izohlar  ma’lum bir qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi , ya’ni programmaning biror bir qismini yaxshi tushuntirish uchun ishlatiladi.

Izoh ”/*”  va ”*/” simvollari orasida beriladi.

Bundan tashqari bir satrli izohlardan ham foydalanishingiz mumkin.Buning uchun izoh berilayotgan satr oldidan ”//” belgisi qo’yilishi yetarlidir.

Ko’p satrli izoh yozishga misol :

<?php

/* bu yerda

izohlar yoziladi

?>

Nuqtali vergul biror bir operator bajarilishi tugallanganligini bildiradi.Ko’p hollarda shu belgi (;) tushirib qoldirilishi natijasida ”Parse error” xatosi chiqadi.

$ belgisi . Php da barcha o’zgaruvchilar oldidan qo’yilishi shart.Masalan :

<?php

$butun_son=1;

$satr=”hello”;

$massiv=array(”one”,”two”);

?>

O’zgaruvchi xotiraning nomlanga qismi bo’lib bir qiymatni saqlaydi.O’zgaruvchining nomi va qiymati bo’ladi.

  •  O’zgaruvchilarga nom lotin xarflaridan yoki ost chiziq (_) dan boshlanishi shart;
  • Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
  • Php da katta va kichik harflar farq qiladi,masalan quyidagi o’zgaruvchilar har xildir:
    aka,Aka,AKA,AkA,akA;
  • Probellardan foydalanib bo’lmaydi.Uning o’rniga ost chiziqdan foydalanish mumkin,masalan :  $mening ismim emas $mening_ismim
  • O’zgaruvchilar nomi faqat katta va kichik lotin harflari,raqamlar va ost chiziqdan iborat bo’lishi kerak.
  • O’zgaruvchi oldida $ belgisi qo’yilishi shart.Keyingi darslarda ma’lumotlarni ekranga chiqarishni ko’rib chiqamiz.

Related Articles

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

7 + 6 =


Close