Delphi dasturlash

Borland Delphi7 da ma’lumot turini o’zgartirish

Yodingizda bo’lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o’zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo’lmas edi. Delphi7 da ham bu taqiq o’rinli. Uni qanday aylanib o’tish mumkin?

Masalan, Button1 obyektining eni (Width xossasi) qancha bo’lishi (butun son turi) Editning Text xossasidan olinishi kerak bo’lsa, Button1.Width:=Edit1.Text operatoridan foydalansak bu xato deb hisoblanadi.

Object Pascalda o’zgaruvchilarni bir  turdan 2-turga o’tkazish uchun bir qator standart funksiyalar bor:

1) StrToInt (string to integer)-matn satrini butun songa o’tkazadi;

2) IntToStr(integer to string)-sonni matnga o’tkazadi;

3) StrToFloat(string to float)-matn satrini haqiqiy songa o’tkazadi;

4) FloatToStr(float to string)- haqiqy sonni matnga o’tkazadi. Ushbu operatorlardan foydalanib xatosiz dastur tuza olamiz: Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text);

Shar hajmini va sfera yuzini hisoblovchi dastur yaratish. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga 3 ta label, edit va 1ta Button obyektlarini joylaymiz. Uni o’zimiz istagan stilda joylashtiramiz. Button1 ni 2 marta bosamiz va quyidagi  kodni kiritamiz:

Label2.Caption:=’Shar hajmi: ‘+FloatToStr(4/3*pi*sqr(StrToFloat (Edit1.Text))*StrToFloat(Edit1.Text));

Label3.Caption:=’Sfera yuzasi: ‘+FloatToStr(4*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text))); F9 ni bosamiz va natijani ko’ramiz…

 

Muallif: Hoshimbek Shodiyev

Teglar

Related Articles

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

2 + 3 =


Buni ham o'qing

Close
Close