DarslarDasturlash

C# dasturlash tili haqida

C# dasturlash tili haqida

Oliy ta`lim muassasalarida o`qishni asosiy zaruriyatlaridan biri dasturlash tilini o`rganish hisoblanadi. Hozirgi kunda o`qitishda asosiy dasturlash tili sifatida Pascal xizmat qilib kelmoqda. Bu juda ajoyib dasturlash tili bo`lib, protsedurali dasturlash tili boshlang`ich jabhalarini o`rganish uchun mo`ljallangan. O`zining egiluvchan emasligi va “eskirishini” hisobga olsak Pascal dasturlash tili Windows interfeysi uchun mo`ljallangan dasturlarni yozish imkonini bermaydi. Bu holatdan chiqish uchun ob`ektga yo`naltirilgan Delphi dasturlash tilini o`rganish bilan chiqiladi. Ikkinchi oila sifatida C dasturlash tili asosida yaratilgan tillarni keltirish mumkin. Masalan, C++, Java va hokazolar.

Dinamik web saxifalarni yaratish uchun JavaScript yoki PHP singari tsenariyli tillarni ishlatish zarur. Bu tillarni sintaksisi ko`pincha C dasturlash tiliga o`xhsab ketadi. Til juda boy imkoniyatlarga ega bo`lsada web serverlar uchun dasturlar tuzishga mo`ljallanmagan hamda ob`ektga mo`ljallangan dasturlash tili bo`lishiga qaramasdan visual xarakterdagi dasturlarni yaratish uchun maxsus tizimiga ega emas.

Shunday qilib, biz quyidagi holatdamizki, zamon bilan hamnafas yurish uchun dasturchi har bir necha yilda qayta dasturlashni o`rganishiga to`g`ri keladi. Dasturlash rivojlanishi davrida yuqori cho`qqida bo`lgan dasturlash tillari yangi dasturlash tillari soyasida qolib ketmoqda. Bu holat bizlarga yoqadimi yoki yo`qmaydimi, xoxlaymizmi yoki xolamaymizmi, Pascal va C dasturlash tillarini o`qitishga ko`nikkan bo`lsakda bu jarayonni to`xtatib bo`lmaydi.

Shunday ekan, talabalarga zamonaviy dasturlash tillarini o`rganishlari uchun Microsoft kompaniyasining .Net platformasini o`rganish bu boradagi ilg`or qadam hisoblanadi.

.Net platformasi imkoniyatlari dasturlari yaratish bo`yicha talaba va professor-o`qituvchilarni ishini keskin oshiradi. Net platformasining asosiy tamoyili quyidagicha talaffuzlanadi: “Ixtiyoriy qismni ixtiyoriy joydan o`zgartirishingiz mumkin”. Net platformasi Windows dasturlarini yaratish uchun yangi model hisoblanadi.

.Net platformasini yutuqlarini sanab bersak.

 

To`liq va absolyut tillararo o`zaro ta`sirchanlik:

-ixtiyoriy Net dasturlarini qaysi dasturlash tillida yozilishidan qat`iy nazar umumiy bajarilish muhiti. Eng muhimi barcha tillar uchun tiplar to`plami ishlatiladi;

-dasturni tarqatilishini soddalashtirilgan jarayoni. Net platformasida tiplarni tizimli reestrga qayd etish zaruriyati yo`q. Bundan tashqari .Net platformasi bir modulning bir necha DLL versiyalarini bir biriga xalaqit bermasdan tizimda hayot kechirishi mumkin.

.Net platformasi uchun maxsus C# dasturlash tili yaratildi. C# dasturlash tilining konstruktsiyasi nafaqat C++, Java tilidan olingan balki Visual Basic tilidan ham olingan. Tilning asosiy xususiyatlarini sanab o`tsak:

-xotirani avtomatik boshqarish;

-sanaladigan, strukturali va sinf xususiyatlari bilan ishlash uchun quyilgan sintaksis konstruktsiyalar;

-operatorlarni qayta yuklashni c++ tiliga qaraganda oson amalga oshirish;

-dasturiy interfeyslarni ishlatishni to`liq qo`llab quvvatlash;

-sohaga yo`naltirilgan dasturiy texnologiyalarni qo`llab quvvatlash.

C# dasturlash tili .Net platformasining qadrdon tili hosoblanadi. Tilni yaratishning asosiy maqsadi uni .Net platformasiga integrallashuvi hisoblanadi. Net platformasiga turli dasturlash tilida dasturlash mumkin bo`lsada eng yaxshisi C# dasturlash tilida dastur tuzishni maslaxat beramiz, chunki bu til muhitni barcha imkoniyatlarini maksimal ishlatadi. Shunday ekan C# tili imkoniyatlarini bilish orqali muhit imkoniyatlarini ham bilib olamiz. Bu til to`liq ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash tili bo`lib, xatolarga bardoshli va chidamli dasturlarni tuzish imkoniyatini beradi.

C# dasturlash tili o`zining soddaligi, barqarorligi va mantiqiyligi bilan faqr qiladi. Unda xatolarni toppish noqulay ko`rinmaydi. C# tili tiplarga nisbatan xavfsiz hisoblanadi. U initsializatsiyalanmagan o`zgaruvchilarni ishlatishdan, tiplarni xavfsiz bo`lmagan o`tkazishdan va boshqa ko`p tarqalgan xatoliklardan himoyalaydi.

C# dasturlash tilida dastur tuzish vaqt va moddiy sarf jihatdan yutuqli hisoblanadi. Nihoyat C# .Net platformasining barcha imkoniyatlari xususan umumiy va maxsus masalalarni yechish uchun ko`pgina kutubxonalarni ishlatadi.

Net platformasining ikkita asosiy tashkil etuvchisi umumiy tildagi bajarilish muhiti (CLR-Common Language Runtime) va sinflar kutubxonasi (FCL-Framework Class Library). Umumiy tildagi bajarilish muhiti dasturni ishlashi vaqtida kodni boshqarishni bajaradi va xotirani boshqarish, oqimlarni boshqarish hamda uzoqlashgan o`zarota`sir singari asosiy xizmatlarni ko`rsatadi. Bunda qattiqqo`l tiplashtirish va kod mavjudliligi tekshiruvlarini amalaga oshiradi, qaysiki bu xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlaydi. Net platformasining boshqa tashkil etuvchisi – sinflar kutubxonasi bo`lib, kop` holatda ishlatiladigan tiplar kollektsiyasiga ob`ektga yo`naltirilgan murojaatni taqdim etadi, bu esa turli darajadagi dasturlarni oson yaratish imkoniyatini beradi to oddiy buyruqli interfeysdan tortib toki Net platformasining eng katta yutuqlarini ishlatishgacha masalan: XML web xizmatlar, ASP.Net imkoniyatlari va hokazo.

Net platformasini qisqa ko`rib chiqgandan keyin ham C# dasturlash tili to`g`risida quyidagilarni xulosa qilish mumkin.  Xulosa qilib shuni aytish kerakki dasturlash tillarini quyidagi ketma-ketlikda o`rganishni maslahat berar edik:

Dasturlash tili boshlang`ich tushunchalarini o`rganish uchun C dasturlash tilini o`rganish: til sintaksisi, algoritmlari, konstruktsiyalar, konsol dasturlarini yaratish.

1.C# tili – turli tipdagi dasturlarni yaratish uchun kuchli va qulay dasturlash tili hisoblanadi.

2.”Kompyuter tarmoqlari”, “Internet va multimediya” kurslari doirasida web dasturlarini yaratish uchun C# dasturlash tilini ishlatish.

Dasturlash tillarini o`qitishning bunday yondashuvi mutaxassislarni yangi darajaga chiqaradi.

 

manba fikr.uz

Teglar

Related Articles

1 thought on “C# dasturlash tili haqida”

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

5 + 6 =


Close