Delphi dasturlash

Delphi dasturlash | 1-dars : Algoritm va dastur tushunchasi

I ASOSIY TUSHUNCHALAR

Algoritm va dastur tushunchasi

Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda,
arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi.Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar
algoritmga har xil ta’rif berilib kelindi. Lekin ularning bari ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin edi.
Algoritm – bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketmaketligidir.
Boshqacha qilib aytganda, algoritm boshlang‘ich ma’lumotlardan natijagacha olib keluvchi jarayonning aniq yozilishidir.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi xossalarga ega: aniqlik, tushunarlilik,ommaviylik, natijaviylik va diskretlik.
Aniqlik va tushunarlilik – deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi. Chunki
ko‘rsatmalardagi noaniqliklar mo‘ljallangan maqsadga erishishga olib kelmaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko‘rsatmalar tushunarli
mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi.Ommaviylik – deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir
turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi, ya’ni umumiy bo‘lishi tushuniladi.
Natijaviylik – deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi.
Diskretlik – deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.
Algoritmning uchta turi mavjud: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi (siklik).
Chiziqli algoritmlar – hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlardir
Òarmoqlanuvchi algoritmlar ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan jarayonlardir.
Òakrorlanuvchi algoritmlar – biror-bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida chekli ravishda
takrorlanish yuz beradigan jarayonlardir.Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin:
♦ so‘z bilan ifodalash;
♦ formulalarda berish;
♦ blok-sxemalarda tasvirlash;
♦ dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun eng ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir
ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishidagi belgi ma’lumotlarini kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi
hisoblash jarayonini, romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. Misollar:Chiziqli algoritmga doir:
y=x2+1 funksiyani x ning istalgan qiymatida hisoblash algoritmini tuzing.

So‘zda berilishi:
1.Boshlash.
2.x-qiymatini kiritish.
3.y=x
2+1 ni hisoblash.
4.y-qiymatini chiqarish.
5.Tamom.
Tarmoqlanuvchi algoritmga doir:
Ikkita a va b sonlardan kattasini aniqlash algoritmini tuzing.
So‘zda berilishi:
1.Boshlash.
2.a va b-qiymatini kiritish.
3.Agar a>b bo‘lsa, natija a deb
olinib 5ga o‘tilsin.
4.Natija b deb olinsin.
5.tamom.
Takrorlanuvchi algoritmga doir:
1 dan 100 gacha toq sonlar yig‘indisini hisoblash algoritmini tuzing.
So‘zda berilishi:
1.Boshlash.
2.S ning qiymati nol deb olinsin.
3.i ning qiymati bir deb olinsin.
4.S ga i qo‘shilib, natija S deb olinsin.
5.i ga 2 qo‘shilib, uni i bilan belgilansin.
6.Agar i<=100 bo‘lsa, u holda 4 ga o‘tilsin.
7.S qiymati chiqarilsin.
8.tamom
Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuzishga o‘tiladi.
Dastur – bu berilgan algoritmga asoslangan biror-bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar (buyruqlar, operatorlar) to‘plamidir.
Dasturlash – esa bu dastur tuzish jarayonidir. U quyidagi qadamlardan iborat:
     dasturga bo‘lgan talablar;
     qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
     dastur kodlarini (matnlarni, buyruqlarni) yozish;
     dasturni to‘g‘rilash;
     test o‘tkazish.
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud bo‘lib, ularni dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til – algoritmlarni bir xil va
aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir.Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib, u matematik belgilarni o‘z
ichiga oladi. Qo‘yilgan masalalarni yechishga tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib, yechib bo‘lmaydi, shu sababli
yozilgan algoritmni biror-bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muhandislik hisob ishlarini bajarishda Pascal, Beysik va boshqalar. Ro‘yxatlarni ishlash uchun PL/1 va boshqalar. Iqtisod masalalarini yechishda Pascal, Kobol va boshqalar. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv
jarayonlari uchun Beysik, Pascal va boshqalar.Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Ci va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, o‘rta darajadagi tillardir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori
darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.

2 thoughts on “Delphi dasturlash | 1-dars : Algoritm va dastur tushunchasi”

Leave a Reply

Close