Tavsiyalar

Frilanser qanday ish va u kim?

Frilanser qanday ish va u kim?

Assalom alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari. O’ylaymizki bu maqola orqali Siz frilanser kim va nima ish qiladi degan savollarga javob topasiz.

So’ngi vaqtlarda “frilans” termini juda mashxur bo’lib bormoqda – internetda pul ishlayman degan odam, bir marotaba bo’lsa ham bu so’zni eshitgan. Lekin u haqida hamma har xil tushunchaga ega. Bu maqolada biz Sizga frilanserlar kim va ularning ishlarini muxim jihatlari haqida gapirib beramiz.

Demak, frilans o’zi nima?

Freelanser (free – bo’sh; lancer – ishchi) – bunday nom bilan o’rta asrlardagi yollanma jangchilarni atashgan, ular yuk tashishgan, kerakli odamlarni qo’riqlagan, janglarda qatnashgan va bularni hammasi uchun yahshigina pul olgan.

Frilanserlar, kimning puli ko’p bo’lsa, o’sha tomon uchun jang qilganlar. Hozirgi zamonaviy “bo’sh ishchilar” biz aytgan ota-bobolaridan farqli o’laroq, jang uchun klaviatura, sichqoncha, planshet va internetga o’xshashlarni ishlatishadi.

Frilanser ish beruvchining doimiy ishhi-xodimi sanalmaydi, bir martalik vazifalarni bajaradi, evaziga kelishilgan pulini oladi. Buyurtmachi (ish beruvchi) bilan masofadan turib bo’glaniladi, ko’p hollarda ijtimoiy tarmoqlar orqali, elektron pochta, Skype, whatsapp, telegram va boshqa xokazo.

Frilanserlarning ish joyini oladigan bo’lsak, bizning vaqtda bu bozorga o’xshash joyni esga soladi, buning asosi esa birjalar bo’lib, u yerda ish beruvchilar o’zlarining takliflarini (ishlari, vazifalari) e’lon qilishadi, frilanserlar esa takliflar orasidan o’zlariga maqul bo’lgan ishni qidirib topadilar.

Agar ikkala taraf ham barcha ishga oid savollar bo’yicha bitta bitimga kela olishgan bo’lsa, u holda topshiriqni bajarishga kirishish mumkin. Agarda yo’q bo’lsa, har doim taklifni inkor qilish imkoniyati mavjud. Ishonavering, Siz qandaydir offisda oylikka ishlaydigan oddiy hodim bo’lsangiz, bunday taklifdan so’ng narsalaringizni yig’ishtirgan bo’lar edingiz.

Albatta, bu misolimiz ancha qisqartirilgan va kasbning barcha afzalliklari haqida yoritilmagan. Yollanma ishchilarning hayoti har kuni ham quvonchli bo’lavermaydi, bir xil kamchiliklar bor – masalan, buyurtma qidirish, boshqa raqib ishchilar oldida pozitsiyani ushlab qolish uchun, o’z mexnatini narxini pastga tushirib aytish va boshqalar. Lekin kelinglar bularga chalg’imaylikda, frilanserni portretini oxirigacha chizib qo’yaylik.

Bu yerda eng foydali kasblar ro’yxatini keltiramiz, ularni bilgan odam frilanserlik qila oladi:

  • Dasturchi (IT)
  • Dizayner (web-dizayn, illyustratsiya)
  • Kopirayter (kopirayt, rerayt, tarjima qilish)
  • SEO-mutaxassis (saytlarni yurgazish)
  • 3D-modellashtirish bo’yicha mutaxassislar
  • Poligrafiya maxsulotlari bo’yicha verstalshik
  • Marketolog (reklamachi)
  • Injener, arxitektor
  • Autsorser, konsultant, kouch (biznes trener)
  • Fotograf, illyustrator

Bu kasblardan ko’plari internetga bog’liq bo’lgani uchun, ko’p odamlar, frilanserlar faqat internetda ishlaydi deb o’ylashadi, lekin bunday emas. Masalan, uyingizga kelib, bollaringizga matematika yoki ingliz tilidan dars berib ketadigan o’qituvchi ham frilanser hisoblanadi. Elektrik, santexnik, svarshik – bu yigitlar ham hususiy vaziflar bajarish orqali pul topishlari mumkin.

Qanday qilib frilanser bo’lish mumkin?

Ko’pgina talabgorlarning aytganidek, oliy ma’lumotli va doktorlikni yoqlagan bo’lish shart emas. Buyurtma beruvchini bular emas, Siz ishni qanday bajara olishingiz, qo’yilgan maqsadga intilib uni qanchalik yahshi bajarishingiz qiziqtiradi. Agarda Siz bu ishlardan birortasi haqida bilimga ega bo’lsangiz yoki qiziqsangiz, sizda frilanser bo’lish uchun yahshigina imkoniyat bor.

Texnik tomonlama bularni amalga oshirish uncha qiyin narsa emas – frilanserlar birjasida ro’yxatdan o’tish, anketa to’ldirish va buyurtmalar kelishini kutsangiz bas. Variant sifatida, buyurtmachiga o’zingiz murojaat etib, undagi vazifani Siz bajara olishingizni aytishingiz mumkin. Nega aynan birjalar?

Bu shunday joyki, u yerda yangilar uchun mo’ljallangan osonroq vazifalarni bajarib tajriba yig’ish kerak. Tajribaga boy frilanserlar esa o’zlari, o’rtadagi odamlarsiz buyurtmachini qidirishadi, masalan sayt ochib o’zlarining xizmatlarini taqdim etishadi.

Nimalarni bilib oldik:

Frilanser bu – shtatda bo’lmagan, rasmiy ravishda xodim sanalmaydigan ishchidir. Xozirgi kunda ularning davrasi nafaqat internetda, balki hayotimizda ham kengayib bormoqda, shunday bo’lsa ham, ko’pgina odamlar “frilans” haqida gapirganda, internetda masofadan turib ishlashni nazarda tutishadi.

Agarda bu usul orqali pul topishni rejalashtirgan ekansiz, buyurtma olishda tug’iladigan qiyinchiliklarga  va katta raqobat maydoniga ko’nikishingizga to’g’ri keladi. Qandaydir zo’r tomonga ega bo’lish shart emas, lekin birorta ishni boshqalardan yahshi qila olishingiz kerak. Faqatgina tajriba amaliyotlari orqali oddiy ishchidan eng kerakli mutaxassisga aylanish mumkin.

 

 

manba:pul-ishlash.ru

Related Articles

Leave a Reply

Close