Html darslari

HTML darslari | 1-dars: HTML Kirish

HTML O’zi Nima ?

HTML veb dokumentlar (web sahifalar) ni ta’svirlovchi formatlash dasturlash tili.

  • HTML (Hyper Text Markup Language) Giper Matn Formatlash Tili ning qisqartmasidan kelib chiqqan.
  • Formatlash tili bu formatlash teglari majmuidir.
  • HTML dokumentlari HTML teglari bilan tasvirlanadi.
  • Har bir HTML tegi turli turlardagi dokumentlarni tasvirlaydi.

Namuna:

<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>Sahifa sarlavhasi</title>
</head>
<body>
<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim</p>
</body>
</html>

Izohlar:

  •   DOCTYPE ni kiritish orqali biz dokumentda HTML turini tanlaganimizni bildiradi
  •   HTML dokumenti <html> va <html> ichida yoziladi.
  •   Dokument haqidagi ma’lumot <head> va </head> ichida yoziladi.
  •   Dokument sarlavhasi <title> va </title> ichida yoziladi.
  •   Sahifaning ko’rinadigan qismi <body> va </body> ichida yoziladi.
  •   <h1> va </h1> ichida sarlavha.
  •   <p> va </p> ichida paragraf yoziladi.

Bu tasvirlardan foydalanib web brauzer dokumentni sarlavha va paragraf bilan ekranga chiqarib bera oladi.

HTML Teglari

HTML teglari kalit so’zlar (teg nomlari) bo’lib burchak qavslar ichida yoziladi <>

<teg nomi> content </teg nomi>
  •   HTML teglari asosan <p> va </p> kabi juftliklarda keladi.
  •   Juftlikning birinchi tegi bosh teg, ikkinchi tegi yakun teg.
  •   Yakun teg bosh tegdan teg nomidan oldin keluvchi slesh ‘/’ ga farq qiladi.

Bosh teg ko’pincha ochish tegi, yakun tegi yopish tegi deb ataladi.

Web Brauzerlar

Web brauzerlarning (Chrome, IE, Firefox, Safari) asosiy vazifasi HTML dokumentlarni o’qish va ularni ekranga chiqarish.

Web brauzerlar teglarni ekranga chiqarmaydi, lekin ular dokument qanday ko’rinishda ekranga chiqarilishini aniqlash uchun ishlatiladi.

HTML Sahifasi Strukturasi

Quyida HTML sahifasi strukturasi keltirilgan:

 Brauzer faqat <body> qismini ekranga chiqaradi

<!DOCTYPE> bayonnomasi

<!DOCTYPE> brauzerga veb sahifani ekranga to’g’ri chiqarishga yordam beradi

Veb dokumentlarning har xil turlari bor

Dokumentni ekranga to’g’ri chiqarish uchun brauzer dokumentning turi va versiyasini bilishi shart.

doctype kichik yoki katta harflarda yozilishi mumkin, quyidagilarning barchasi to’g’ri:

<!DOCTYPE> html

<!DOCTYPE> HTML

<!doctype> html

<!Doctype Html>

Umumiy Bayonnomalar

HTML5

<!DOCTYPE html>

HTML 4.01

<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN" "http://www.w3.org/TR/html4/loose.dtd">

XHTML 1.0

<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD XHTML 1.0 Transitional//EN" "http://www.w3.org/TR/xhtml1/DTD/xhtml1-transitional.dtd" Note  All tutorials and examples at W3Schools use HTML5.>

HTML Versiyalari

Veb birinchi kunlaridan boshlab HTML ning ko”plab versiyalari bo’lgan.

Versiyasi Yili
HTML 1991
HTML 2.0 1995
HTML 3.2 1997
HTML 4.01 1999
XHTML 2000
HTML5 2014

Shunday qilib bugungi dars tamom .Keyingi darslarni kutib qoling !

Tushunmagan joylaringizni kommentga yozing .

INHA UNIVERSITETI 2017

Related Articles

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

6 + 1 =


Buni ham o'qing

Close
Close