Internet

HTTP protokoldagi xatoliklar

HTTP protokoldagi xatoliklar

4xx Xatoliklar. Siz quyidagi xatoliklarni bilish orqali o’z saytingiz yoki boshqa saytlarda qanday muammo ekanini bilib olasiz

– 400 Bad Request: Bu kodlarda qandaydir xatolik bor bo’lsa server 400 Bad Request xatolik qaytaradi.

– 401 Unauthorized: Avtorizatasiya qilinmagan. Ya’ni serverdagi bu sahifaga qandaydir login parol orqali kirish kerak. Siz esa shu login parolni kiritmagansiz.

– 402 Payment Required: Bu kod qandaydir to’lovlarni amalga oshirish paytida xatolik yuzaga kelsa chiqadigan xatolik.

– 403 Forbidden: Bu xatolikni ko’rgan ko’p kishi shu web sayt ishlamayapti deb o’ylashi mumkin. Ammo unday emas. Bu xatolik ushbu faylga yoki ushbu qismga server adminlari tomonidan ruxsat uzib qo’yilganida chiqadi.

– 404 Not Found: Bu xatolikka ko’p kishi duch kelgan. Bu siz istagan sahifa topilmasa shunaqa xatolik chiqadi. Ko’p hollarda har bir saytni o’zini dizayniga mos 404 Page ya’ni sahifasi bo’ladi.

– 405 Method Not Allowed: Saytga so’rov yuborishda GET/POST yoki PUT metodlarida yuborilganda forma so’rovni qabul qilmasa shunaqa xatolik beradi.

– 407 Proxy Authentication Required: Proxy orqali kirish kerak bo’lganda chiqadigan xatolik. Proxy’siz kirib bo’lmaydi

– 408 Request Timeout: Serverni kutish vaqti tugashi. Bunga biz birorta scriptni yuklashni yoki phpmyadminga birorta bazani yuklashda juda ko’p kutib qolsak oxirida tashab yubosa shunaqa xatolik beradi.

– 409 Conflict: Bir paytni o’zida bir xil versiyadagi fayllarni yuklashda konflikt bo’lib qolishi

– 410 Gone: Bu sayt oldin mavjud bo’lgan, hozirda mavjud emas.

Asosiylari shulardan iborat edi. 411dan boshlab 453 gacha boradi bunday turdagi xatoliklar

 

 

manba : @Web_Texnologiya

Teglar

Related Articles

1 thought on “HTTP protokoldagi xatoliklar”

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

4 + 8 =


Close