JavaScript darslari

JavaScript darslari | 1-dars : Kirish

JavaScript 1-dars : Kirish

Darslar kim uchun ?

*- Siz web sayt yaratishni bilasiz.

*- HTML tilidan xabaringiz bor.

*- Saytingizni yanada chiroyli va dinamik qilmoqchisiz.

Agar yuqoridagi shartlarga “HA” deb javob bersangiz, demak bu mavzu siz uchun suv va havodek zarur!!! Bu aynan siz izlagan darslar bo´ladi. Baribir JavaScriptga duch kelasiz !

Agar yuqoridagi savollarning biriga yo´q deb javob bersangiz, u holda bu mavzu sizga qiyinlik qiladi.

 

JavaScript nima?

Bu web saytlarni dasturlash tilidir

 

JavaScript nima uchun ishlatiladi ?

# Saytingizga animatsion yozuvlar, rasmlarga effektlar,

# Soat yoki sanani kursatuvchi narsalar va boshqa bezaklar uchun ishlatiladi

# Saytingizni user bilan muloqot qiladigan (dinamik sayt) qilmoqchi bo´lsangiz javascript juda muhim.

# Sayt menulariga sichqonchani olib borsangiz qo´shimcha podmenu ko´rinadi…Bu ham JavaScript tilida qilinadi…

# WebSayt uchun mini o´yinlar yaratish,

# Matematik formulalarni hisoblash

# Saytga kirgan userga biror ogohlantirish matnini ko´rsatish

# Saytingizdagi rasm va yozuvlarni ketma ket chiqib keladigan qilish, ular harakatini boshqarish

# Userdan so´rovlar qabul qilish…

# Sayt yuklanganda yoki kerakli tugma bosilganda yangi oyna ochish (pop-up)

#va hokazo…(Bundan boshqa juda ko´p vazifalarni ham bajaradi. Ular haqida keyin to´xtalamiz)

# Qisqasi, saytingizni jonlantiradigan til bu JavaScript

 

JavaScriptning afzalligi nimada ?

Faqat shaxsiy fikrlarimni aytaman:

1) O´rganish juda oson va qulay

2) JavaScriptni deyarli barcha browser(Opera, Firefox, IE,Chrome,Mozilla) tushunadi…

3) O´rganish uchun komputerga ortiqcha hech narsa o´rnatish shart emas,

4) Boshqa dasturlash tillariga o´xshab kompilatsiya qilinmaydi…

 

Darslarni faqat praktikada ko´rsatib tushuntiraman, O´quvchilarni teoriyalar o´rmoniga adashtirib qo´yishdan ko’ra, oddiy misollar bilan tushuntirish ming marta afzal, shunday emasmi ?!

Related Articles

Leave a Reply

Buni ham o'qing

Close
Close