JavaScript darslari

JavaScript darslari | 3-dars : O’zgarmas va O’zgaruvchanlar

Hammaga salom !

Undefined: agarda o’zgarmas/o’zgaruvchan tanitilmagan bo’lsa yani:
var color;
bu yerda biz color degan o’zgaruvchan bor deb tanitdik ammo uni nima ekanligini ko’rsatmadik.
Boolean: ha/yoq (true/false) qiymatini ola oladigan o’zgaruvchan.
var tekshir = true;
var bor = false;
Number: bu son bo’lgan o’zgaruvchandir. Bir qancha turda ko’rsatish mumkin yani 8lik sanoq
sistemasida yoki 10 lik sanoq sistemasida yoki 16 sanoq sistemasida. 8 lik sanoq sistemasida ko’rsatish
uchun sonning oldingi qismiga 0 raqamini qo’yasis agarda 16 sanoq sistemasi bo’lsa unda 0x qoyasiz
oldiga.

var sakiz = 070; // (bu 10 lik sanoq sistemasida 56 degani)
var onolti = 0xAB; // (bu 10likda 171 degani)
var onlik = 4324; // (onlik sanoq sistemasi)

String: tekstlar uchundir, buning ichida istalgan narsa bo’lishi mumkin.
var tekst = “Toshkent eng chiroyli, gozal shahar. Katta katta binolar va hkzzz….”;
string ichida quyidagi mahsus belgilarni ishlatishingiz mumkin.
\n      yangi qator
\t      Tab
\b      Backspace
\r      Enter
\f      Formfeed
\\      Backslash
\’      Single quote
\”      Double quote
\0nnn  sakizlik sanoq sistemasidagi son
\xnn    on oltilik sanoq sistemasi

misol:

var tekst = “Salom Halq, \n Tashkent \n  Uzbekistan”;
alert (tekst);

shunda oynangizda quyidagicha oyna paydo bo’ladi.
Rasmdan ko’rishingiz mumkinki Tashkent bir qator pasda Uzbekistan esa ikki qator. Yani
uzbekistan’gacha biz ikki marotaba \n belgisini ishlatdik.

<script language="JavaScript">
var tekst = "Salom Halq, \n Tashkent \n  Uzbekistan \0654";
alert (tekst);
</script>

Mana yuqoridagi rasmda ko’rganingizdek sakizlik sanoq sistemasidagi  654 onlikda 54 deb ko’rsatib
berdi.
typeof operatori: Bu operatorimiz bizaga o’zgaruvchanimizni qaysi tip olganligini ko’rsatib beradi.
Misol:

var Test = “Tekstizimiz”;
var test2 = true;
alert (typeof(Test) + ' ' + typeof(65) + ' '+ typeof(test2));

Shunda oynamizga quyidagi chiqadi

Ko’rganingizdek birinchisi bizda string, ikkinchi son, uchinchisi esa boolean

 

Avtor : Sandjar Alimov

 

Related Articles

1 thought on “JavaScript darslari | 3-dars : O’zgarmas va O’zgaruvchanlar”

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

5 + 1 =


Close