JavaScript darslari

JavaScript darslari | 4-dars davomi

Object class

Bu hamma obyektlarning eng boshi, hamma variables’lar shunda hususiyatlarini oladi va shundan
yaratiladi. Shuning uchun bu class’ni biz hozir yuzaki bo’lsa ham qarab chiqamiz.

Properties/Hususiyatlari:
constructor – Qaysi obyekt yaratganligini ko’rsatadi.
prototype – shu obyektning prototipi kim ekanligini ko’rsatadi, asosan bu Object dir
Methods:
hasOwnProperty(property): Qandaydir o’zining qo’shimcha hususiyati bor yoki yoqligini aniqlaydi.
isPrototypeOf(object): Qandaydir objektning prototype’ligini bilish uchun ishlatiladi.
propertyIsEnumerable(property): bu hususiyatning for … in kabi funktsiyalar bilan ishlatish mumkin
yoki mumkin emasligini ko’rsatadi.
toString(): Buni biz yuqorida ko’rib chiqgan edik.
valueOf(): bu asosan aynan toString kabi ishlaydi. Yani qiymati nima ekanligini qaytaradi.
Misol:

var iNum = new Number(55);
alert (iNum.valueOf());

Number class:

Bu object classidan yaratilib qo’shimcha hususiyat va methodlari bilan keladi. Bu yerda ba’zi bir
qo’shimcha hususiat va method’larini ko’rib chiqamiz.
ToFixed():  bu method sonni string’da qaytaradi va uning ichida ko’rsatilgan soncha qoldiq qismini ham
qo’shib beradi.
Misol:

var iNum = 55;
alert (iNum.toFixed(2)); //”55.00” qaytaradi.

Mana oynachaga qarang

var iNum=55.3251;
alert (iNum.toFixed(3)); //oynamizga “55.325” chiqadi

toExponential(): Bu bizga sonimizni e formatda ko’rsatish uchun kerak.
Misol:

var iNum = new Number (5562);
alert (iNum.toExponential(2));

oynamizga quyidagi chiqadi

Yani ko’rganingizdek bu yerda biz nuqtadan keyin 2 son ko’rsatsin deb berdik va qolgan qismini olib
tashlab e+3 qo’shimchasini qo’shib berdi.
Bu degani 5.56*1000 ga ko’paytirilgani deganidir.
toPrecision(): ham toFixed va toExponential ning ishini qiladi, qaysi birini ishlatish bu siz bergan ichki
songa bog’liqdir.
Misol:

var iNum = 99;
alert (iNum.toPrecision(1)); //yani bitta son bilan 99 ni tariflash kerak.

Oynamizga 1e+2 bilan ko’rsatadi yani 100 deganidir buning uchun u 99 ni 100 ga aylantirdi va
toExponentialni ishlatdi.
Agarda biz

var iNum= 99;
alert (iNum.toPrecision(3)) //deganimizda oynamizga “99.0” chiqargan bo'lardi.

Boshqa tillardagi kabi javascriptda ham siz + ­ / * ishlarini qila olasiz.

var iNum = 55;
var iNum2 = 56;
var iRes = iNum+iNum2;
alert (iRes);

yoki

var iNum = 55;
var iNum2 =  5;
var iRes = iNum / iNum2;
alert (iRes);

Math Object:

Bu number’lar bilan ishlashda bizga qo’shimcha object bo’lib uning ichida bir qancha funktsiyalar va
o’zgarmaslar joylashgandir.
Bular:

Math.E ­ Euler's constant (2.718281828459045)
Math.LN2 – Logorifm 2 (0.6931471805599453)
Math.LN10­ Logorifm 10 (2.302585092994046)
Math.LOG2E – Logorofm 2 Euler's constant (1.4426950408889634)
Math.LOG10E – Logorifm 10 of Euler's constant (0.4342944819032518)
Math.PI ­ (3.141592653589793)
Math.SQRT1_2 – Ildiz ostida 1/2 (0.7071067811865476)
Math.SQRT2 – Ildiz ostida 2 (1.4142135623730951

misol:

var iNum = 100;
alert (iNum*Math.PI);

Math object method’lari:
Math.abs(): absolute value, yani sonning + ­ belgisiga qaramasdan qanday son ekanligini ko’rsatadi.
3 soni ­3 va 3 uchun dir. Misol:

var iNum1 = ­3;
var iNum2 = 3;
alert (Math.abs(iNum)); //oynamizga 3 sonini chiqaradi
alert (Math.abs(iNum2)); //oynamizga 3 sonini chiqaradi.

Math.acos(), Math.asin(), Math.atan(), Math.atan2(x, y): Bular arc cosinuz arc sinuslar va hkzlardir
yani kiritilgan radian’dagi soning radian da arc cosinuz arc sinusdagi qiymatlari.
atan2(x, y) x/y ning arc tangenisi.
Math.cos(), Math.sin(), Math.tan(): cosinus, sinus, tangens larni radianda qaytaradi. Yani Math.cos(n)
bu yerda n ­1 va 1 sonlari orasidagi qiymat shunin cosinusda qiymatini radianda qaytaradi.
Misol:

var iNum = 0.3;
alert (Math.cos(iNum));

Bu son .3 ning cosinus qiymatidir.
Math.ceil(number): number sonidan keyingi katta son yoki unga teng bo’lgan sonni qaytaradi.
Misol:

var iNum = 12.6;
alert (Math.ceil(iNum)); //oynamizga 13 sonini chiqaradi

Math.floor(number): number sonidan kichik bo’lgan yoki teng bo’lgan keyingi integer soni.

var iNum = 12.6;
alert (Math.ceil(iNum)); //oynamizga 12 sonini chiqaradi

Math.exp(number): Bu yerda biz Euler’s constant’ni number darajasini olamiz.
Math.log(number): numberni logorifmini olamiz.
Math.sqrt(number): Numberni ildizini olamiz
Math.random(): Ihtiyoriy sonni bizga beradi. Va bu sonlar 0­1 orasidagi sondir.
Misol:

var iNum = Math.random();
alert (iNum); //har doim har hil son beradi 0.2356415... 0.62541251... va hkz.

Math.round(number): Bu method esa number sonini yahlitlaydi, agar nuqtadan keyingi son .5 ga teng
yoki katta bo’lsa sonimizga bir qo’shib beradi bo’lmasam soni o’zini qoldiqsiz qismini beradi.
Misol:

var iNum1 = 12.6;
var iNum2 = 12.4;
alert (Math.round(iNum1) + ' ,  ' + Math.round(iNum2));

Mana shu oynamizga chiqadi ko’rganingizdek birida 13 soni yani yuqoriga qarab yahlitladi birida esa
pastga qarab yahlitladi.
Math.pow(num1, num2): num1 ni num2 darajasini beradi.
Math.min(num1, num2), Math.max(num1, num2): num1 va num2 ning kichigi va kattasini bizga
beradi.
Misol:

var iNum1 = 2;
var iNum2 =3;
alert (Math.min(iNum1, iNum2)+ ' ' + Math.max(iNum1, iNum2));

birinchisida eng kichigini ikkinchisida esa eng kattasini ko’rsatib berdi.

If statement:

Shu yerda tushintirib o’tish lozim deb bildim sababi quyida biz bu If then ‘ni ishlatamiz. If bu qandaydir
qismni tog’ri yoki tog’ri emasligini, yoki bir biriga teng yoki teng emasligini tekshiruvchi va shunga
qarab qandaydir ko’dni ishlab ishlamasligini hal qiluvchi operatordir. Keyingi darslarimizda yana ham
chuqurroq ko’rib chiqamiz.
Yozilishi:
if (condition) {
//qandaydir ko’d bu ko’d agarda condition bajarilsagina ishlaydi.
}
Misol:

var iNum=5;
var iNum2 = 4;
var iResult = iNum + iNum2;
if (iResult == 10) {
alert ('Sonimiz 10\'ga tengdir');
}
if (iResult == 9) {
alert ('Sonimiz 9\'ga tengdir');
}

Shunda oynamizga quyidagi “Sonimiz 9’ga tengdir” degan yozuvi chiqadi. Bu yerda biz iResultni 10 ga
tengligini tekshirdik, keyin esa 10ga tengligini tekshirdik.

Mana shu bilan ikkinchi darsimiz ham tugadi, keling savollarni ko’rib chiqaylik.
1. Qabdaydir son bor, agar qoldiqli bo’lsa “float” yozuvi agarda butun bo’lsa “integer” yozuvi
chiqsin.
2. Faqatgina soning qoldiq qismini ko’rsatuvchi script yozing.
3. 1­100 orasida ihtiyor son chiqaruvchi script yozing
4. 5 ta son berilgan ulardan eng kichigini va eng kattasini ko’rsatuvchi script yozing

Yechimlar:

1­-misol yechimi

<script language="JavaScript">
var n1=421.1;
if (n1==Math.ceil(n1)) {
alert("Integer");
}
if (n1<Math.ceil(n1)) {
alert("Float");
}
</script>

2-­misol yechimi

<script language="JavaScript">
var n1=421.1;
alert (n1­Math.floor(n1));
</script>

3-­misol yechimi

<script language="JavaScript">
var n1=Math.random();
alert(Math.round(n1*100));
</script>

4-misolning yechimi

<script language="JavaScript">
var n1=421, n2=151, n3=100, n4=176, n5=246
var nMin, nMax
nMin=Math.min(n1, n2);
nMax=Math.max(n1, n2);
nMin=Math.min(nMin, n3);
nMax=Math.max(nMax, n3);
nMin=Math.min(nMin, n4);
nMax=Math.max(nMax, n4);
nMin=Math.min(nMin, n5);
nMax=Math.max(nMax, n5);
alert(nMin + ' ' +nMax);
</script>
Avtor:Sandjar Alimov

Related Articles

Leave a Reply

Close