JavaScript darslari

JavaScript dasturlash | 4-dars: O’zgaruvchan tiplarini o’zgartirish

length operatori: Bu operator string bo’lgan o’zgaruvchanni uzunligini beradi.
Misol:

var Color = “red”;
alert (Color.length);

Oynamizga 3 soni chiqadi.

var tekst = “Bu yerda bizning tekst”;
alert (tekst.length);

oynamizda 12 soni chiqadi. Bu tekst’ning uzunligidir.
String’ga qolgan tiplarni o’zgartirish:
toString() operatori: Bu operator qolgan tiplardan yani number, boolean larni string’ga o’giradi.

var bor = false;
var son = 123;
alert (bor.toString() + ' ' + son.toString());

mana shu kabi oyna chiqadi.

Yana bir hususiyati shundaki sonlarni tekstga o’girayotganda kirilgan sonni qaysi sanoq sistemasiga
o’girishini ham ko’rsatishingiz mumkindir.
Misol:

var son = 10;
alert (son.toString(2) +' '+ son.toString(8) + ' ' + son.toString(16));
oynangizda quyidagi chiqadi

Numberga o’girish:
Stringdan Numberga o’tkazish pasreInt() va parseFloat() operatorlari bilan amalga oshiriladi.
Faqatgina string bo’lgan fayllargina Numberga yo’giriladi, qolganlari esa NaN bo’lib o’giriladi.
Misol;
var iNum = parseInt(“1234”);
var fNum = parseFloat(“12,43”);
Bu yerda biz parseInt orqali Integer’ga o’girdik.
Integer: Bu butun sonlar
parseFloat orqali esa bi Float’ga o’girdik
Float: Qoldiq sonlar, yani nuqtali sonlar.
Agarda sonimizning ichida harf bo’lsa unda harfgachabo’lgan sonlarnigina Numberga o’giradi.
Misol:
var iNum = parseInt(“254bgde”);
Shunda iNum=254 bo’ladi.
Qo’shimcha qilib siz ko’rsatilgan sonni qaysi sanoq sistemasida ekanligini ham ko’rsatishingiz
mumkindir. Buning uchun:

var iNum = parseInt(“10”, 2)  //ikkilik sanoq sistemasida “10” soni o'nlikda 2 degani iNum=2 bo'ladi
var iNum = parseInt (“10”, 8) //7 sanoq sistemasida “10” soni 10likda 8 degani
var iNum = parseInt(“10”, 16) //16 sanoq sistemasida “10” soni 10likda 16 degani

Agarda siz faqatgina harflardantashkil topgan tektsni parseInt yoki parseFloat bilan o’girsangiz unda sizga NaN qaytaradi son bo’lmaganligi uchun va birinchi belgisi ham agarda harf bo’lsa undayam NaN
qaytaradi.
Misol:

var iNum = parseInt(“blue”);
alert (iNum);

shunda oynangizga quyidagi chiqadi:

agarda

var iNum= parseInt(“b123”);
alert (iNum);

deb bersak unda ham NaN ko’rsatadi
Yana shuni etib o’tish kerakki siz yaratayotganingizda o’zgaruvchanni unda boshidayoq turini o’zgartirib
yaratishingiz mumkin.
Buning uchun yaratilayotgan o”zgaruvchi turini Boolean, String, Number deb qavs ichida qiymatini
berishingiz mumkindir.
Misol:

var bTest = Boolean (“1”) // true bo'ladi
var sTest = String (“1”) // “1” teksti
var nTest = Number (“120”); //120 soni

Boolean uchun agarda ichida hech narsa bo’masa yoki 0 soni yoki null bo’lsa unda uni qiymati false
bo’ladi, qolgan holatlarda true bo’ladi.
Number uchun agarda false yoki true qo’yilsa unda 0, 1 sonini oladi. Qolgan vaqtlarda yozilgan sonni
oladi.

 

 

Related Articles

Leave a Reply

Close