Pascal

Paskal algoritmik tili.

XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan fransuz olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlan­gan Paskal tili Shveytsariyaning Syurix shahridagi Oliy texnika maktabining professori Niklaus Virt tomonidan 70-yillarda yara­tilgan bo’lib, 1979 yilda standart Paskal deb tasdiqlangan.

O’zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraliligi tufayli bu til butun dunyoga tezda tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikrokompyuterlar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to’g’riligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma’nosi yaqqol ko’zga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.

Paskal tili ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisoblash ish­larini bajarishga mo’ljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tu­zishga imkon beradi. Yana bir afzalligi shundan iboratki, foyda­lanuvchi xatolikka yo’l qo’ymasligi uchun yoki xato yozib qo’ygan bo’lsa, tez tuzatib olishi uchun dasturda ishlatilgan o’zgaruvchilar oldindan qaysi turga (toifaga) mansub ekanligi belgilab qo’yil­gan bo’ladi. Shu bilan birga dasturning barcha elementlari haqida ma’lumot tavsiflash bo’limida mujassamlashgan bo’ladi. Operatorlar soni esa minimal darajada kamaytirilgandir.

Paskal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan ibo­rat:

  • 26 ta lotin harflari;
  • 0 dan 9 gacha arab raqamlari;
  • 32 ta kirill harflari;
  • maxsus belgilar – (Q,-,*,G’,:,;,[.],[,],q,>,<) ni o’z ichiga oladi.

Paskal tilida so’z deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb Paskal tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma’noni anglatadi va uni ma’lumotlarga berib bo’lmaydi.  Masalan,  Program, Begin, End va h.k.

Paskal tilidagi ma’lumotlarning elementlari bo’lib o’zga­ruvchilar, o’zgarmaslar, izohlar xizmat qiladi.

O’zgaruvchilar deb – hisoblash jarayonida o’z qiymatini o’zgar­tiradigan kattaliklarga aytiladi. O’zgaruvchilarning nomlari (identifikatorlar)- harflardan yoki harf va raqamlardan iborat bo’ladi. Belgilar soni 8 tadan oshmasligi kerak.

O’zgarmaslar (const) deb hisoblash jarayonida o’z qiymatini o’zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi. Bularga ham o’zgaruv­chilar kabi nom beriladi.

Izohlar – dasturning ma’lum qismini tavsiflash uchun ishla­tiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi, ya’ni dasturning biror blokini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi. Izoh (*,*) yoki {} simvollari orasida beriladi. Katta qavslar {*,*} va [*,*] lar ham ishlatilishi mumkin.

Leave a Reply

Close