Php darslari

PHP darslari | 3-dars :Hello world

PHP da hello world dasturi 

Assalomu alekum bo’lajak dasturchilar !

Agar siz open server ishlatayotgan bo’lsangiz domains papkasining  ichida biror bir nom bilan fayl oching .(Masalan Bats.uz)

Keyin uni ichidan biror bir text (bloknot) fayl xosil qiling va uni oching.

Sizga ma’lumki php kodlar <?php va  ?>  lar orasida yoziladi.Ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun echo funksiyasidan foydalaniladi.Keling php da birinchi dasturimizni tuzamiz:

<?php

echo ”Salom dunyo !”;

?>

Bloknotda tepadagi kodni yozib bo’lganimizdan so’ng fayl menyusidan ‘Soxranit kak’ ni bosamiz va pastda bizdan fayl nomini so’raydi.Unga index.php deb yozamiz.Keyin tagida fayl turini ham tanlashimiz lozim.Uni ‘Vse fayli’ ga qo’ying va soxranitni bosing.

Endi kodimizni ishga tushiradigan payt keldi.Open serverni ishga tushiring va pastdagi (soat yonida) bayroqchaga bosing (agar bayroqcha yashil rangda bo’lsa server ishlayapdi.) va u yerdan My sites (ya’ni mening saytlarim ) bo’limidan o’zingiz yaratgan papka nomini bosing.Va ko’rib turganingizdek brauzer ochiladi va ekranda ”Salom dunyo !” yozuvi aks etadi.Bu sizning php dagi birinchi dasturingiz.Buni do’stlaringizga ham ulashing.

HTML tarkibida php dan foydalanish :

<!DOCTYPE html> <html>
<head>
<title>First page</title>
</head>
<body>
<?php
echo “Assalomu alaykum bo’lajak dasturchilar!”
?>
</body>
</html>

Buni esdan chiqarmang :

  • Nuqtali vergul (;)
    PHPda nuqtali vergul xuddi C++, C# va Java dasturlash tillari kabi operator tugallanganligini bildirish uchun ishlatiladi. Ko’p xollarda shu belgi tushirib qoldirilgani uchun “Parse error” sintaksis xatoligi chiqariladi.
  • Yangi dasturchilar <?php   ?> yozish o’rniga shoshilib <?php ?< yoki <?php <? qilib yozib yuborishadi.
  • Hamma o’zgaruvchilar oldidan $ belgisi qo’yilishi shart buni siz oldingiz darsdan ham bilasiz.

Keyingi darslarni kutib qoling !

 

Shomuradov Javohir | Bats.uz

 

Related Articles

Leave a Reply

Close