Tavsiyalar

Qanday qilib butun boshli saytni yuklab olish mumkin ?

Hammaga salom !

Bugun sizga biror bir saytni qanday qilib kompyuterga yuklab olishni o’rgatmoqchiman.

Umuman olganda web saytni yuklab olish nimaga kerak dersiz? Balki buni boshqalar tushunar lekin man buni bir misol bilan izohlab o’tay. “Siz internet saytlarni kezib yurib, qarasangiz juda yaxshi maqolalari bor yoki siz uchun aynan kerakli ma’lumotlari bor saytga ko’ziz tushdi. Endi uni xohlagan payt va internet bo’lmagan taqdirda ham o’qish ko’rish uchun uni yuklab olish kifoyaligni tushunasiz va shu ishni amalga oshirasiz.Ko’chirib olingan sayt saytning offline versiyasi deyiladi.”Bu ish esa Web sayt egalari va yaratuvchilariga xavf tug’dirmaydi! Chunki web saytlar Php,ASP.NET kabi dasturlash tillari orqali yig’ilgan bo’ladi ularni esa hafsizlik jihatidan buzish juda mushkul, biron saytni ko’chirib uni qaytatdan saytga boshqacha qilib tashlansa bo’ladi va u ishlidi ammo unda eng kerakli Php tili yo’q bo’lganligi uchun undan foydalanib bo’lmaydi.Masalan siz bats.uz ni ko’chirib olidingiz.Oldin unda profilingiz bor edi.Ko’chirgandan keyin esa offline versiyasida profilingizga kira olmaysiz. Faqatgina Mac OS X lardagina to’liq ko’chirib uni qayta joylab ishlatish mumkin, yaxshiyam-ki Mac Os ni hamma ham qo’ya olmaydi va hamma kompyuterga tushavermaydi.

Demak ishni boshlaylik :

Bizga kerak bo’ladi Teleport Pro nomli dastur (Umuman olganda boshqa dasturlar ham bor lekin bir chetdan boshlagan maqul) uni manabu link orqali yuklab olishiz mumkin: http://www.tenmax.com/teleport/pro/download.htm

1-qadam. Dasturni ochamiz va menyular qatoridan “New Project Wizard” menyusini tanlaymiz:

2-qadam. “New Project Wizard” menyusini tanlaganimizdan so’ng quyidagi oyna chiqadi va u yerdan  далее tugmasini bosamiz:

3-qadam. далее tugmasini bosgandan so’ng keyingi oynada ko’chirib olinadigan sayt nomini yozamiz  va 3 degan joyini 10 qilib o’zgartiramiz va далее ni bosamiz:

4-qadam. Navbatdagi oynada esa bizga yuklaydigan saytimizni faqat yozuvlarni, rasmlarinimi ko’chirishini so’raydi biz “Everything” tugmasini tanlab , далее ni bosamiz:

5-qadam. Quyidagi oynadan “Gatova” tugmasini bosamiz  va keying oynaga o’tamiz:

6-qadam. Bu oynada biz ko’chirayotgan saytimizni qayerga, qanday nom bilan saqlashimiz kerakligi so’raladi va biz kerakli joyni va nomni tanlab “Soxranit” ni bosamiz:

7-qadam. Ana endi yuqori menyular qatoridan “Start” tugmasini bosamiz. U tugmani bosganimizdan so’ng saytni ko’chirishni boshlaydi:

8-qadam. Sayt yuklanayotganini tepadagi yumaloq nuqtalar ko’k, sariq ranglarga kirganidan bilamiz:

9-qadam. Yuklangandan so’ng sal oldin saqlagan(6-qadam)  joyimizdan kirib “index.html” degan faylni ochib ko’rishimiz mumkin:

Demak endi saytdan foydalanishingiz mumkin. Saytni kuzatib boring !

Related Articles

Leave a Reply

Close