Tavsiyalar

Telegram bot orqali mover.uz dan videolarni tas ix da ko’chirib olish

Telegram bot orqali mover.uz dan videolarni tas ix da ko'chirib olish

Xammaga salom do’stlar.

Bugun qanday qilib telegram boti orqali mover.uz saytidan istalgan videoni ko’chirib olishni o’rgatmoqchiman,albatta tas ix tizimida. Telegram botni vazifasi faqat ko’chirib olish  uchun link (silka) berishdan iborat.

Qana boshladik unda olg’a :

  • Telegramga kiring va qidirish darchasiga @moveruz_robot deb yozing.
  • Botga kiring va start tugmasini bosing .
  • Startni bosgandan so’ng bot ‘Iltimos buyruqni tanlang!’ degan xabar yuboradi. Siz esa ‘boshlash’ tugmasini bosasiz .
  • Keyin esa ‘⚙Siz bosh menyudasiz!⚙’ degan yozuv chiqadi. U yerdan siz ‘Yuklash’ tugmasini bosasiz.
  • Keyin esa u ‘Iltimos 🔊yuklab olmoqchi bo`lgan 🎦videoingizni🎦 🎞URLsini🎞 yuboring! ‘ degan yozuv chiqaradi. Bu degani siz mover.uz dan bitta videoni tanladingiz .O’sha videoni ko’rayotganingizda u sahifa linki (silkasi) bo’ladi. (Asosan tepad bo’ladi) Siz o’sha silkani olib botga yuborishingiz kerak. Masalan :  https://mover.uz/watch/jgxR9hUm/
  • Keyin linkni yuborgandan so’ng bot sizga ‘Iltimos siz yuborgan silkadagi videoni formatini tanlang: ‘ degan yozuvni chiqaradi. Bundan siz videoni tiniqligini va o’lchamini tanlashingiz kerak.
  • Va nihoyat bot sizga linkni beradi. Siz esa u bergan link orqali shu zahotiyoq videoni ko’chirib olishingiz mumkin (Albatta tas ix da 🙂 ).

Agarda bu usul ishlamasa quyidagi saytga kirasiz http://mover-uz-script.incod.ru/ bu saytda aniq ishlaydi. Uni ham ko’chirib olish tartiblari deyarli bir xil ! 

Bizni kuzatib boring ! Bats.uz 🙂

Teglar

Related Articles

2 thoughts on “Telegram bot orqali mover.uz dan videolarni tas ix da ko’chirib olish”

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

4 + 7 =


Close