Web dasturlash

Web-sahifa, Web-sayt, Web-server nima ?

Web-sahifa, Web-sayt, Web-server nima ?

Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.

Web-sahfa – o‘zining unikal adresiga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish dasturi yordamida (brauzer) ko‘riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi – multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.

Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.Ya’ni web sayt web sahifalardan tashkil topadi.

Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.

Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.

World Wide Web (WWW, Butun dunyo o‘rgemchak to‘ri) – bu kliyent-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.

Teglar

Related Articles

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

9 + 2 =


Close